Son Xyon Minga ko'rsatilgan qizil kartochka bekor qilindi

5 noya 2019, 23:12
Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) "Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xyon Minga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi.

"Everton"(1:1) bilan uchrashuvda raqib futbolchisi Andre Gomesh Son bilan to'qnashgach, portugaliyalik yarim himoyachining oyog'i singandi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan Martin Atkinson ushbu epizoddan keyin koreyalik futbolchiga dastlab sariq kartochka ko'rsatdi, birozdan keyin esa uni uchrashuvdan chetlashtirdi. Son tushkunlikka tushib, yig'lab yubordi.

Uchrashuvdan keyin "shporlar" rahbariyati futbolchiga ko'rsatilgan qizil kartochka yuzasidan apellaciya berishdi va ularning talabi qondirildi.

Eslatib o'tamiz, London klubi rahbariyati Son Xyon Minga psixologik yordam ko'rsatishini e'lon qilgandi. Uning ertaga o'tkaziladigan YCHL bahsida maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC