Son Xyon Mindan qoyilmaqom ko'rsatkich

Koreyalik futbolchi “Tottenxem”ning Angliya kubogi 3-bosqichi doiraisida “Tranmer”ga qarshi bahsda (7:0) 1 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

26 yoshli futbolchi “shporlar”ning so'nggi 6 ta o'yinida “gol+pas” tizimida 12 ochko (7 ta gol, 5 ta golli pas) jamg'ardi. Bungacha esa Son 31 ta o'yinda xuddi shunday ko'rsatkich qayd etgandi.

Son Xyon Min APLning 22-turida MYUga qarshi o'yindan so'ng (13 yanvar) Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun jo'nab ketadi.


Manba: Championat.asia