

Bugun OFK qarorgohida "Tottenxem" vakilini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Ma'lumki, ushbu sovrinni berish 2012 yilda yo'lga qo'yilgan bo'lib, Son Xyong Min bunday sovrin bilan taqdirlangan ilk koreys futbolchisi bo'ldi. U eng yaxshi bo'lish yo'lida hamyurti Ki Sung Yong hamda avstraliyalik Massimo Luongoni ortda qoldirdi.
OFK prezidenti Shayx Salmon koreyalik futbolchi shaniga iliq fikrlarni bildirdi: "Men bu yigitchani 18 yoshidan beri bilaman. O'shandayoq undan kelajakda yaxshi futbolchi chiqishini sezgandim". Ma'lumki, Son Xyong Min 30 million evro evaziga o'tgan yilning avgustida "Bayer"dan "Tottenxem"ga ko'chib o'tgandi.




