Sokratis faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytib o'tdi. Bu Klopp emas

28 may 2019, 21:20
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos Yevropa ligasi finalidan oldin Unai Emeri haqida iliq fikr bildirdi.

"Emeri - faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiy. Men shunday o'ylayman. Chunki, uning boshqaruvida prfessional futbolchi sifatida sezilarli o'sishga erishdim. 2 va 3 yil oldingiga nisbatan tezkor o'yinchiga aylandim. Ko'proq o'ylab, to'g'ri qaror qiladigan bo'ldim. Boisi, murabbiylar shtabi biz bilan har jabhaga  e'tibor qaratgan holda ishlaydi", - deydi Papastatopulos.

Eslatib o'tamiz, 2013-2018 yillar mobaynida Sokratis "Borussiya D" klubida o'ynagan va 2015 yilga qadar Yurgen Klopp bilan ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com