“So'g'diyona”ning Toshkentdagi yig'ini yakunlandi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2018, 20:30
Xabaringiz bor, fevral oyining ilk kunlaridan boshlab “So'g'diyona” Toshkentda mavsumga tayyorgarlikni olib bordi.

Hozirlik davomida Aleksandr Mochinov boshchiligidagi murabbiylar shtabi selekciya ishlarini olib borib jamoaga yangi futbolchilarni jalb qildi.

Futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish maqsadida murabbiylar shtabi bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishdi. “So'g'diyona” Toshkentdagi yig'in davomida “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Metallurg”,  “Buxoro”, “Navbahor”, “Surxon”  va Tojikistonning “Istiqlol” klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi.

Mashg'ulotlarda qatnashib kelgan ayrim futbolchilar bilan xayrlashilgan bo'lsa-da, jamoa kelgan yangi futbolchilar bilan ham rasmiy shartnomalar imzoladi.

Aleksandr Mochinov bugun jamoaga qisqa muddatli tatil e'lon qildi va 24 fevral kuni jamoa “So'g'diyona”  qarorgohida yig'ilib, Superliganing ilk turdagi raqibi  “Paxtakor”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz