"So'g'diyona": Zomindagi yig'in davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2017, 22:07
Jizzax viloyatining bosh jamoasi "So'g'diyona" Zomindagi yig'inini davom ettirmoqda.

Mashg'ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan.

Jamoaga "Obod" ning 3 nafar futbolchilari kelib qo'shildi. Sardor Qaxxorov,Shirinboy Abdullaev va   Sherzod  Jalilovlar jamoa bilan birga yig'inda qatnashmoqdalar. 

Jamoani rasman 3 nafar futbolchi tark etgani haqida ma'lum qilgan edik. G'ulom Urunov,Doston Abduraxmonov,Sunnatilla Mamadalievlar  jamoa bilan do'stona xayrlashdi va endilikda ular o'z faoliyatini boshqa klublarda davom ettiradilar. "So'g'diyona" PFK ularning faoliyatiga omad tilaydi va mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi

"So'g'diyona" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz