“So'g'diyona” yig'inga kirishdi

Aziz Tukhtamuradov
17 iyun 2018, 13:27
“Qizilqum”ga qarshi o'yindan so'ng "So'g'diyona" bir muddat tatilga chiqqan edi.

Bugun jamoa yig'inning birinchi bosqichini o'tkazish uchun Jizzax viloyati Zomin tumaniga  yo'l oldi. 26 iyunga qadar davom etadigan yig'indan asosiy maqsad futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashdir.

Jamoa 27 iyun kuni jismoniy tayyorgarlik bo'yicha  normativlarni topshirishadi. 28 iyundan esa jamoa Toshkentda yig'inning ikkinchi bosqichiga kirishadi. Unda jamoa 5 ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.  Sparring raqiblar haqida ma'lumotlarni  esa keyinroq xabar beramiz.

O'tkaziladigan yig'in davomida tarkibga  bir qator futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda.

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: “Сўғдиёна” ПФК