“So'g'diyona–W” yangi murabbiy boshchiligida ilk g'alaba

Narzulla Saydullayev
24 fev 2018, 08:59
“So'g'diyona-W” jamoasi mavsumga tayyorgarlik davomida yangi murabbiy qo'l ostida ilk uchrashuvni o'tkazdi.

“Dinamo- W”  jamoasisha qarshi bo'lib o'tgan o'yinda murabbiylar shtabi asosiy e'tiborni mahalliy futbolchilarga qaratdi. Shuningdek jamoada ko'rikda o'tayotgan bir qator futbolchilar ham imkoniyat berildi.

Birinchi bo'limda “Dinamo-W”  futbolari ustunligida o'tdi va 2:1 hisobida yakunlandi. Ikkinchi bo'limda “So'g'diyona-W”  murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o'zgarishlar amalga oshirdi. Natija o'yin  4:3 hisobida Sherali Boboqulov boshchiligidagi “So'g'diyona-W” ning g'alabasi bilan yakunlandi.

So'g'diyona- W – Dinamo-W4:3                       

So'g'diyona akademiyasi maydoni
Hakamlar
: Feruzbek G'aniev, Kattabek Abduraximov, Begijon Begaliev.
Gollar:  Nodira Turanova 2 ta (o'ynovchi murabbiy ), Sitora Takaboeva , Albina Babakulova
So'g'diyona- W: Xasanova Nozima,Mardieva Muxlisa, Kodirova Shaxlo, Ziyatova Dilnoza,Xojieva Nasiba, Radjabova Soxibjamol, Iskandarova Nodira, Fayzullaeva Shaxzoda, Takaboeva Sitora, Toshpulatova Dilafruz,Turanova Nodira(s)
Zaxira: Nabikulova Nafisa, Payzikulova Dinara,To'xtasinova Komila, Babakulova Albina, Eshkulova Parizod, Agaeva Xurshida

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz