

Kecha "So'g'diyona" transferlar oynasi so'nggi kunida rossiyalik legioner markaziy hujumchi Serder Serderov bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, Serder Serderov 1994 yil 10 mart sanasida Rossiyaning Maxachqala shahrida tavallud topgan.
Futbolchi shu kungacha o'z mamlakatining "SSKA" Moskva, "Anji", "Ural", "Krilya Sovetov", "Slaviya" Sofiya, "Enisey","Krakoviya", Xorvatiyaning "Inter" Zapreshich,"Istra 1961", Vengriyaning "Mezyokyoveshd" hamda Qozog'istonning "Aktobe" jamoalarida to'p tepgan.



