“So'g'diyona”: Raqibimiz “Qo'qon-1912”

Narzulla Saydullayev
18 noya 2017, 08:57
Oliy liganing 29-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Qo'qonning “Qo'qon-1912” klubini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv "So'g'diyona"ning oliy ligadagi  613-o'yini bo'ladi. E'tiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davra 14-turida “So'g'diyona”  safarda   “Qo'qon-1912”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsda o'tkan masumda jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Murod Xolmuxammedov 20 daqiqada hisobni  penaltidan ochgan edi. Ko'p  o'tmay 25 daqiqada  Suxrob Berdiev hisobni 2:0 ko'rinishiga  olib kelgan. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Filip Rayevac hisobni yirik 3:0 holatiga olib kelgan edi. Ikkinchi bo'limning 55 daqiqasida Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi 3:1. 76 daqiqada Sanjar Rashidov Nikita Ribkin darvozasini ishg'ol qildi va  shu tariqa o'yin 3:2 hisobida yakunlangan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda safarda  “Navbahor” ga qarshi bahs olib borgan edi va 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “Qo'qon-1912 ”  o'z maydonida   “Bunyodkor” ni  qabul qildi va  2:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

“Qo'qon-1912 ” 41 ochko bilan turnir jadvalida  8-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 28 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.




O'YINNI AHROL RISQULLAEV BOSHQARADI

Ushbu bahsni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Temur Gaynulinlar yordam beradi. Zahiradagi  hakam Oleg Rubakov.

Nazoratchi: Artyom Artyunov
O'zPFL vakili:  Sherzod Rajabov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Qo'qon-1912”  klublari oliy ligada shu kungacha 21 bor kuch sinashishgan.“Qo'qon-1912” hisobida 7 ta, “So'g'diyona” hisobida 10 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  35:26. “Qo'qon-1912”  o'zaro o'yinlarda 25 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 34 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Qo'qon-1912”ning eng yirik g'alabasi 4:2, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  5:2.


 “So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

29.10.2016 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:1
26.06.2015 So'g'diyona - Qo'qon-1912 2:1
14.09.2002 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:0
10.05.2000 So'g'diyona - Qo'qon-1912 3:2
25.09.1999 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:1
14.08.1998 So'g'diyona - Qo'qon-1912 5:2
06.09.1995 So'g'diyona - Qo'qon-1912 4:0
03.11.1994 So'g'diyona - Qo'qon-1912 3:0
29.09.1993 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:0
26.08.1992  So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:0

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:


Jizzaxdagi 10 ta o'yindan 8 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 2 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda Qo'qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 18 noyabr kuni soat 14:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 19 noyabr  kuni 14:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.

“QO'QON-1912” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

Jalil Kimsanov 2012-1013 yillarda,Suxrob Berdiev 2013-2014, Akmal Xolmurodov va Murod Xolmuhammedovlar 2015-2016 “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan.


“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz