6-daqiqada Siroj Hamroev qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uning jarima maydoniga kiraverishda bergan kuchsiz zarbasini darvozabon qaytardi. Mezbonlar himoyachilari o'ng qanotda Davron Hoshimovni o'tkazib yuborishdi va u birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Biroq Aleksandr Melenchuk aniq harakat qildi. To'p uchun kurash asosan maydon markaziga ko'chdi.
27-daqiqada Jora Oganesyan tomonida jarima maydoniga oshirib berilgan jarima zarbasi ancha xavfli ko'rinish oldi. 30-daqiqada toshkentliklarning burchak zarbasida golli vaziyat vujudga keldi. Yana Melenchuk o'z o'rnida. 36-daqiqada "Paxtakor"ning qarshi xujumida Jora Oganesyan va Igor Sergeev tomonidan tashkillashtirilgan kombinaciyada Sergeevga aniqlik yetishmadi. Holmuhammedov o'ng qanotdan bir necha himoyachini ortda qoldirib jarima maydoniga yorib kirdi va pastlab bergan kuchli zarbasi darvoza to'sini yonginasidan o'tib ketdi. Birinchi bo'lim yakunlandi.
48-daqiqada Javodullo Ibrohimovning chamasi 25 metrlar uzoqlikdan darvoza tomon bergan zarbasi ancha xavfli bo'ldi. 50-daqiqa Temurxo'ja Abduholiqov Merzlyakovni qulay vaziyatga chiqardi. Merzlyakovning zarbasi noaniq bo'ldi.
Qarshi xujumda Ilhom Komilov mehmonlar jarima maydonida darvoza tomon kuchli zarba berdi va to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. Boyan Miladinovich bir necha oylik tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi. Har ikkala jamoa ham gol urishga harakat qilmoqda. Jizzaxliklar asosan qarshi hujumlarda ko'proq ter to'kishmoqda. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berildi. Bu vaqtda ham hech bir tomon gol ura olmadi. Shu tariqa "So'g'diyona" o'z uyida "Paxtakor"dan ochko tortib oldi.
So'g'diyona (Jizzax) – Paxtakor (Toshkent) 0:0 (0:0)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent).
So'g'diyona: 1.Aleksandr Melenchuk, 2.Javodullo Ibragimov, 3.Ilhom Komilov (4.Asil Begimqulov, 79), 5.Ilyos Qurbonov (9.Xurshid Yo'ldoshev, 62), 6.Murodjon Toshmatov, 13.Jalil Kimsanov, 18.Suxrob Berdiev, 19.Siroj Hamroev, 22.Orif Mamajonov (25.Sardor Qaxxorov, 76), 24.Elyor Oripov, 41.Ayubxon No'monov.
Paxtakor: 12.Aleksandr Lobanov, 3.G'ulom O'runov (4.Boyan Miladinovich, 70), 5.Akbar Ismatullaev, 6.Murod Xolmuhammedov (38.Abbos Maxstaliev, 63), 7.Kaxi Maxaradze, 9.Temurxo'ja Abduxoliqov, 10.Jora Oganesyan (15.Jamshid Iskanderov, 46), 19.Igor Sergeev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 29.Vladimir Kozak.
Ogohlantirishlar: T.Abduholiqov (60), J.Kimsanov (90+3)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).