"So'g'diyona" OCHL-2020da ishtirok etish uchun licenziya oldi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2019, 12:30
Osiyo futbol Konfederatsiyasi 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etish licenziyasiga ega bo'lgan klublar nomini e'lon qildi.

"Unga ko'ra O'zbekistondan 14ta klubning 7tasiga licenziya berildi. Ulardan biriga sankciyalar bilan licenziya taqdim etildi. Bu klub Jizzaxning "So'g'diyona" klubi bo'ldi. Hozirgi kunga qadar klub licenziyaning qator talablarini bajarmagani aytib kelinayotgandi. PFL bu talablar principial emas deb topib, unga sankciyalar bilan bo'lsa ham licenziya berishga qaror qilgan ko'rinadi. Shunday ekan, ertaga "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvida nafaqat Superligadagi uchinchi o'rin balki OCHL-2020 yo'llanmasi taqdiri ham hal bo'ladi", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia