“So'g'diyona”: “Obod” va “Navbahor” bilan kuch sinashadi.

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2017
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoamiz yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvlariga jiddiy e'tibor qaratmoqda.

Jamoamiz shu kungacha "Neftchi", "Qo'qon -1912" jamoalariga qarshi maydonga tushgan. "So'g'diyona" ertaga "Obod"ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Qibraydagi stadionda soat 15:00 boshlanadi. Jamoamiz 26 yanvar kuni  "Navbahor" bilan ham kuch sinashadi.  Ushbu bahs soat 15:00da,  Qibraydagi stadionda bo'lib o'tadi. 

"So'g'diyona" matbuoti xizmati.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia