"So'g'diyona": Bugun jamoamiz Farg'onaga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
16 okt 2013, 14:38
18 oktyabr kuni “Neftchi” jamoasi bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvga tayyorgarliklar ertadan Farg'onada davom etadi.
Bugun jamoa a'zolari tushlikdan so'ng Farg'onaga yo'l olishadi. 17 oktyabr kuni “Neftchi” - ”So'g'diyona” jamoalari yoshlari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tsa, 18 oktyabr kuni esa, ushbu jamoalarning asosiy tarkiblari o'zaro hisob-kitob qilish uchun maydonga chiqishadi.

Barcha futbolga befarq bo'lmagan muhlislarni Farg'onadagi uchrashuvda jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishga chaqirib qolamiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz