"So'g'diyona": Besh futbolchi ketdi, Sidorov, Norxonov va boshqalar keldi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2018, 22:19
"So'g'diyona" Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Murabbiylar shtabi "Qizilqum"ga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng jamoaga qisqa muddatli tatil bergan edi.

Bugun jamoa Toshketda yig'ildi va mavsumga tayyorgarlikning oxirgi bosqichiga kirishdi.

Jamoa murabbiylar shtabi Izzat G'aniev, Sherzod Jalilov, Arkadiy Galperen, Nodir Yo'ldoshev bilan do'stona  xayrlashishga qaror qildi.

Bugun jamoa mashg'ulotiga Osiyo chempioni Andrey Sidorov, "Qo'qon-1912" jamoasidan Doniyor Hasanov,  Jahonir Abdumo'minov "Metallurg", "Bunyodkor" jamoasidan Shohruz Norxonov, "Dinamo"dan  Mirkomil Lokaev, “Paxtakor”dan Jamshid Yusupovlar kelib qo'shilishdi.

Jizzaxliklar yig'in davomida 10 fevral kuni "Navbahor”, 17 fevralda “Metallurg", 20 fevralda Tojikistonning "Istiqlol", 21 fevral kuni "Qo'qon-1912" jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.

13 fevral kuni jamoa mavsum oldi normativlarni topshirishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати