Sofascore. Rubin - SSKA uchrashuvida hamyurtlarimiz necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
22 sen 2024, 08:37
Kecha RPLning navbatdagi turida Rubin va SSKA (1:1) bahs olib bordi.

Mezbonlar safida Rustam Ashurmatov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va 58-daqiqada zaxiraga olindi. Sofascore nashri Ashurmatovning kechagi uchrashuvdagi harakatlariga 6,7 baho qo'ygan.

SSKA safida esa Abbosbek Fayzullaev to'liq harakat qildi va moskvaliklar goliga assistlik qildi. Nashr yarim himoyachining harakatlarini 8,3 bahoga loyiq ko'rdi va Fayzullaevni uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tan oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sofascore