Sobir Hamidov endi Xotira-79da

Narzulla Saydullayev
18 apr 2018, 12:59
Qo'qonlik futbolchi Sobir Hamidov yana jamoasini o'zgartirdi. Futbolchiga mavsumlar oralig'ida avvaliga Qo'qon-1912da, keyinchalik Surxon va Iftixor tarkibida bo'ldi.

Yaqinda Yoshlar ittifoqining Iftixor jamoasining yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimida Hamidov ham ishtirok etgandi. Ammo shunga qaramay Sobir u jamoada ham uzoq vaqt qolgani yo'q. Aytishlaricha 32 yoshli futbolchi Iftixor bilan  ham ayrim masalalarda kelisha olmagan. Natijada sport formasini yo'qotmaslik maqsadida Uychining Xotira-79 jamoasida qo'nim topgan. Ma'lumot uchun, Hamidov o'tgan haftada yangi jamoasi safida Dinamoga qarshi to'p surdi.

Darvoqe, Xotira-79 o'z safiga yana bir yangi futbolchini qo'shib oldi. Ilgari Obod va Norin tarkibida o'ynagan darvozabon Umidjon Yorbekov ham yaqinda Uychi jamoasi bilan shartnoma imzoladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia