Sneyder: "Gollandiyaning Evro-2016ga chiqa olmaganida Blindni ayblash noto'g'ri"

Aslanov Jasurbek
14 okt 2015
Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Uesli Sneyder jamoa bosh murabbiyi Danni Blindni qo'llab-quvvatladi.

Gollandiyaliklar Evro-2016 saralashida to'rtinchi o'rinni egalladi va turnirning final qismiga o'ta olmadi.

"Bu muvaffaqiyatsizlikda Danni Blindni ayblab bo'lmaydi, u futbolchilarga ishonch bildirdi, biz esa unga g'alaba bilan javob qilishimiz lozim edi, ammo g'olib bo'lishni istasang buncha ko'p xato qilmasliging kerak.

Hammasi barbod bo'ldi" - deydi Sneyder.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com