Slot "Liverpul" antirekordini yangiladi

16 may 2026, 09:05
"Liverpul" APL 37-turida "Aston Villa"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Bu mag'lubiyat "Liverpul" uchun joriy mavsumdagi barcha turnirlar bo'yicha 20-martagi mag'lubiyat bo'ldi.

Shu tariqa, bosh murabbiy Arne Slot antirekord o'rnatdi va klub tarixida bir mavsumda 20 ta mag'lubiyatga erishgan birinchi murabbiy bo'ldi.

Avvalgi antirekord egasi Rafael Benites bo'lib, u 2004/05 va 2009/10 mavsumlarida 19 ta mag'lubiyat qayd etgan.

2025/26 mavsumida Slot boshchiligidagi "Liverpul" APLda 12 ta, Chempionlar ligasida 5 ta o'yinda mag'lub bo'lgan, shuningdek, Angliya Kubogi, Angliya Liga Kubogi va Superkubok o'yinlarida ham bir martadan yutqazgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta