Slaven Bilich keyingi yil Toshkentga keladi(mi)?

Narzulla Saydullayev
22 noya 2018
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "B" guruhidan joy oldi. Ushbu guruhda Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" va BAAning "Al Vahda" klublari o'rin oldi. Yana bir klub nomi pley-off bosqichidan so'ng ma'lum bo'ladi. Hozircha O'zbekiston chempioni nomi ma'lum emas. Toshkentning "Lokomotiv" va "Paxtakor" klubi 2018 yilgi Superliga chempioni bo'lish uchun kurash olib borishmoqda.

Biz "Al Ittihod" va "Al Vahda" safida qaysi mashhur futbolchilar borligi haqida ma'lumot beramiz.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubini bugungi kunda xorvatiyalik mashhur murabbiy Slaven Bilich boshqarib bormoqda. Jamoa safida Metyu Yurman (Avstraliya), Karlos Vilyanueva (Chili), Karim El Ahmadi (Marokash), Valdiviya (Braziliya), Aleksandar Peshich (Serbiya), Jonas (Braziliya), Tiago Karleto (Braziliya) va Fahad Al Muvallad (Saudiya Arabistoni) kabi futbolchilar o'ynaydi. E'tiborlisi "Al Ittihod" o'z milliy chempionatida 9ta turdan so'ng 16ta klub orasida eng oxirgi o'rinni egallab turibdi. Agar shunday davom etadigan bo'lsa Bilich iste'foga chiqishi va Toshkentga kelmasligi mumkin.


Saudiya Arabistoni chempionati musobaqa jadvali


"Al Vahda"ni hozirda ruminiyalik Leonardo Regekampf boshqarib bormoqda. Jamoa tarkibida Ismoil Matar (BAA), Sebastyan Talyabue (Argentina), Murad Batna (Marokash), Leonardo (Braziliya), Rim Chang Vu (Janubiy Koreya) kabi futbolchilar bor. "Vahda" yangi mavsum BAA chempionatining 9ta turidan so'ng 15 ochko bilan 5-o'rinni egallab turibdi.


BAA chempionati musobaqa jadvali


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia