Skoulz: "Uilshir nega "Roma"ni emas, "Bornmut"ni tanlaganiga tushunmadim"

Aslanov Jasurbek
3 sen 2016, 13:32
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz "Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshirning ijara asosida "Bornmut"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Uilshir "Arsenal"ni tark etayotgan ekan, u "Roma"ga o'xshash yirik klubga o'tishini istagandim. Chet elda tajriba orttirib kelish u va Angliya terma jamoasi uchun foydali bo'lar edi. "Bornmut"ga kelish Jek har doim o'ynashini anglatmaydi. Xuddi MYU, "Arsenal", "Bornmut" yoki "Roma"da o'ynagandek bor kuchini ishga solish kerak. U past darajani tanlaganidan havotirdaman" - deydi Skoulz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports