Skolari: "Jamoangda Neymar bo'lishi - katta baxt"

Omonjon To`xtamirzayev
16 okt 2013, 12:19
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Filipe Skolari jamoasida Neymardek futbolchining bor ekani uning uchun katta baxt ekanini ta'kidladi.
"Jamoangda Neymarning bor ekani - katta baxt. U futbolni sevadi, ishi va jamoaga sadoqatli. Shaxsiyati yorqin. Shu bilan birga maydonda ham, uning tashqarisida ham o'zini yaxshi tutadi".

"U o'zini yulduzdek tutmaydi. Umid qilamanki, kelajakda ham shundayligicha qoladi. Agar shunday bo'lsa, biz uchun bu juda ajoyib bo'lardi".

"Agar adashmayotgan bo'lsam, biz so'nggi 11 o'yindan 10tasida g'alaba qozondik. Hozir yaxshi formadamiz va jamoa ham bir maromga etkazilgan", dedi Skolari.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru