Skolari: Biz bundan ko'prog'iga qodirmiz

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2014, 10:02
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari JCH-2014 uchinchi o'rin uchun o'yinda Gollandiyaga qarshi o'yindan (0:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Mening taqdirim Braziliya futbol konfederatsiyasi qo'lida. Oldin kelishganimizdek bugun mening murabbiylikdagi navbatdagi davrim tugadi. Konfederatsiya rahbari oldida natija, o'yin va o'yinlar bor. Ular mening taqdirimni hal qilishadi.

Bu chempionatga qanday tarif beraman? Ajoyib musobaqa. Biz doim ham yaxshi o'ynamadik, lekin bugun g'olib bo'lishimiz mumkin edi. O'tgan yida 7ta gol o'tkazib yubordik, bugun esa 3-daqiqada gol o'tkazdik. Futbolchilar uchun bu juda katta ruhiy zarba

Braziliya bundan ko'prog'iga qodir. O'tgan yil Konfederatsiyalar kubogini qo'lga kiritgandik. U yerda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladimi? Yo'q. U yerda Yevropa jamoalari va kuchli jamoalar bor edi. Yangi murabbiy kim bo'lishidan qatiy nazar unga omad tilayman, – deydi Skolari.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru