Skaut Olats "Barsa"dagi Grizmann haqida: "Muammolar bor, u futboldan rohat olmayapti"

Alisher
30 mar 2020, 10:50
"Real Sosedad"ga kelishiga katta hissa qo'shgan skaut Erik Olats francuzning "Barselona"dagi ishtiroki haqida gapirdi.

"U "Atletiko"dan ketgan payt, bunday ziddiyatli va qarama-qarshi gaplar bo'lgani meni xafa qilgandi. Bu menga tegib ketdi.

Uning nega "Barselona"ga o'tmoqchi bo'lganini tushuna olaman. "Barsa" bu "Barsa". Boshqa o'yinchilar va uning do'stlari o'yin uslubi bilan "Barselona"ning tiki-takasiga mos tushishini aytishdi, ammo uning hozirgi ishtiroki yoqmayapti.

Ko'rish mumkinki, muammolar bor. U futboldan rohat olmayapti. Bu menga og'ir, sababi men uning nimalarga qodir ekanligini bilaman. Grizmann jamoaga ko'proq narsa berishi mumkin, ammo u hech narsa aytmaydi. U hech narsa demagan holda buni amalga oshirishga urinmoqda.

Antuan u yerda asosiysi emasligini biladi, ammo o'zining istedodi bilan ko'proq e'tiborga loyiq. U hali 29 yosh va dunyo darajasidagi o'yinchi", - deydi Olats.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com