Skamakka PSJning asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi

Administrator
29 iyun 2022, 00:55
PSJ "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka transferi borasida bosh qotirmoqda.

Le Parisien nashrining ma'lum qilishicha, PSJning yozgi transferlar oynasidagi asosiy nishoni "Sassuolo" forvardi Janluka Skamakka bo'lib turibdi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, PSJ Italiya termasi hujumchisi uchun 35 mln evro taklif qilgan. "Sassuolo" esa Skamakka uchun 50 mln so'ramoqda va narxni tushirmoqchi emas. 

Janluka Skamakka o'tgan mavsum A Seriyada 36 o'yinda maydonga tushib, 16 gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Le Parisien