Skaloni Argentina bilan shartnomasini uzaytiradi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2023, 16:39
Tomonlar hamkorlikni davom ettiradi.

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni bilan shartnomani uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, tomonlar 2026 yilning iyuligacha yangi shartnoma imzolaydi. Tez orada rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

Skaloni Argentina terma jamoasini 2018 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida "albiseleste" Amerika Kubogi va Jahon chempionatida g'olib chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TyC Sports