"Siti"da 5 golga assistent bo'lgan futbolchi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
17 sen 2018, 20:40
"Manchester Siti" himoyachisi Benxamen Mendi lazaretga tushib qoldi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi tizzasidan jarohat olgan. U tez kunlarda tibbiy ko'rikdan o'tadi va qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ladi.

Bu mavsumda Mendi "Siti" tarkibida 5 o'yinda qatnashib, 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport