"Siti" Paketani qishda "Vest Xem"dan xarid qilmoqchi. Gvardiola unda de Bryuynega o'rinbosar ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
13 noya 2023, 00:11
"Manchester Siti" "Vest Xem" yarim himoyachisiga qiziqmoqda.

"Shaharliklar" haligacha 26 yoshli xavbek Lukas Paketaga qiziqmoqda. "Siti" braziliyalik bilan yozdayoq shartnoma imzolamoqchi edi, ammo transfer o'shanda barbod bo'lgan – o'yinchi pul tikish bo'yicha reglamentni buzganlikda gumonlangandi.

"Manchester Siti" futbolchi oqlansa qishda Paketaning transferi bo'yicha taklif berishni rejalashtirmoqda.

Qayd etish kerakki, Pep Gvardiola Lukasga Kevin de Bryuyneni uzoq muddatga almashtiradigan o'yinchi sifatida qaramoqda.

Paketa joriy mavsum APL doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: UOL