Sinov-nazorat o'yini. "Neftchi" - "Yangier" 3:1

Mirjalol Normatov
13 iyul 2022, 22:34
Bugun "Bunyodkor" akademiyasi maydonida "Neftchi" hamda "Yangier" jamoalari nazorat o'yini o'tkazdi.

Unda farg'onaliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuv oldidan "Neftchi"ning afsonaviy murabbiyi Yuriy Sarkisyan yaqindagina jamoani qabul qilib olgan Vitaliy Levchenkoga to'n kiydirib, jamoaga omad tiladi.

Sinov-nazorat uchrashuvi.

"Neftchi" - "Yangier" 3:1

Gollar: Oybek Ahmatov (1:0) Izzatbek Abdullaev (1:1), Lutfulla To'raev (2:1), Sirojiddin Qo'ziev (3:1)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia