Simone Inzagi: “Biz boshqalarning natijalariga e'tibor bermaymiz”

7 iyul 2020, 08:47
“Lacio” ustozi “Lechche”ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz diqqat-e'tiborimizni faqat o'zimizga qaratganmiz. Raqiblarning natijalariga umuman e'tibor bermaymiz. “Milan”ga qarshi bahsdagi xatolarimizni tahlil qildik, endi olg'a boramiz. “Lechche”ga qarshi bahs oson bo'lmaydi. Raqib juda yaxshi futbol o'ynaydi. Ularning murabbiyi Fabio Liverani mening do'stim. Tarkib haqida gapiradigan bo'lsak, qaror hali qabul qilinmadi. Biz o'sha kuni jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo'lgan futbolchilarga tayanamiz”, - deydi Simone Inzagi.

“Lacio” ayni damda A Ceriya musobaqa jadvalida “Yuventus”dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia