Simeone: "Enrike tarkibni kuchaytirishi kerak bo'lganida, PSJ vinger uchun 70 mln evro sarfladi"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2025, 11:39
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidagi 4:0 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng PSJning kuchi haqida gapirdi.

Parijliklar guruh bosqichining ilk uchrashuvida Fabian Ruis, Vitinya, Senni Meyulyu va Li Kan Inning gollari evaziga g'alaba qozondi.

"PSJ – katta klub. Luis Enrike hujumning chap qanotini kuchaytirishga muhtoj bo'lganida, ular yanvar oyida vinger [Xvicha Kvaratsxeliya] uchun 70 mln evro sarfladilar! Ikkinchi bo'limda yaxshi ko'rindik, biroq VAR golimizni bekor qildi, keyin esa biz bir kishi kam bo'lib qoldik – PSJ o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Men bir xil narsalar haqida gapiraverib charchadim, o'zimni jabrdiyda ko'rsatishni xohlamayman. Biz o'zimizdan kuchliroq bo'lgan raqibga qarshi o'ynadik. Ammo e'tiborga olish kerak bo'lgan nyuanslar bor", – dedi madridliklar bosh murabbiyi.

Juma kuni "Atletiko" ikkinchi tur o'yinida "Sietl Saunders" bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports