Simeone "Atletiko" murabbiyi sifatida yubiley o'yinini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2018, 15:55
Kecha, 5 dekabr kuni "Atletiko" Ispaniya Kubogining 1/16 finalida "Sant-Andreu"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi va turnirning keyingi bosqichiga chiqdi.

G'oliblar safida Toma Lemar, Nikola Kalinich, Anxel Korrea va Vitolo o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

Bu uchrashuv Diego Simeone uchun "Atletiko" murabbiyi sifatida 400-bahs bo'ldi.

"Atletiko" va mutaxassis o'rtasidagi bitim 2020 yilgacha belgilangan. Simeone 2011 yildan beri ispan jamoasini boshqarmoqda. Madridliklar uning qo'l ostida Ispaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogi, Yevropa ligasi hamda UEFA Superkubogida g'olib bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo