Simeone Alvaresning bekor bo'lgan penaltisi haqida fikr bildirdi

Khoja
13 mar 2025, 10:03
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone Xulian Alvaresning bekor bo'lgan penaltisi haqida fikr bildirdi.

Ko'rdingizmi? Siz nimani ko'rdingiz? U tegdimi? Julian ikki marta tegib ketganini bu erda kimdir ko'rganmi? Agar ko'rgan bo'lsangiz qo'lingizni ko'taring. Yana bir gap, men Julian bilan gaplashmadim. Hakam shunday qarorga keldimi demak shunday bo'lgan.

O'yin? Butun o'yin davomda to'pni juda yaxshi nazorat qildik. Uchrashuvning o'zida barchasini hal qilishimiz mumkin edi, biroq ozgina aniqlik yetishmadi. Raqib ham to'pga egalik qilishga intildi, biroq ularda hech qanday vaziyat bo'lmadi. To'g'ri ular penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo ular bundan ham foydalana olishmadi. Menimcha biz ajoyib harakat qildik, yigitlarga rahmat aytaman, - dedi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fuenteatletico