Silva: "Manchester Yunayted"ni mag'lub eta olamiz"

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 00:45
"Everton" bosh murabbiyi Marku Silva "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz o'zimizga ishonamiz. Chunki nimalarga qodir ekanligimizni yaxshi bilamiz. "Manchester Yunayted"ni hurmat qilamiz, ammo barchasi o'zimizga bog'liq. O'z maydonimizda o'ynaymiz va shu boisdan g'alaba qozonishni istaymiz. 100 foiz ishonaman, agarda o'z o'yinimizni ko'rsata olsak, MYUni mag'lubiyatga uchratamiz.

Ular har doim bir xil tizimda o'ynashmaydi. Jamoaning zaxirasi tor, ammo top-futbolchilar juda ko'p. Biroq biz o'zimizga ishonamiz", - dedi Silva.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo