Sigtorsson: "Islandiya terma jamoasi futbolchilari Ronalduning gaplariga kulishdi"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2016, 14:16
Islandiya terma jamoasi hujumchisi Kolbeynn Sigtorsson porrtugaliyalik Krishtianu Ronalduning so'zlariga izoh berdi.

Ronaldu Islandiyaga qarshi bahsdagi durangdan so'ng raqib hech narsaga erishmasligini aytgan edi.

"To'g'risini aytsam bu so'zlarni eshitib kuldik. Biz kuchli tomonlarimiz va kamchiliklarimizni yaxshi bilamiz, Ronaldu ham o'z qobiliyatlarini bilsa kerak. Portugaliya bilan yana uchrashamiz deb umid qilaman. Islandiya terma jamoasi ko'p narsaga qodir ekanligini isbotlamoqchimiz. Portugaliyadan farqli ravishda, Evro-2016da 2 ta uchrashuvda g'alaba qozondik" - deydi Sigtorsson.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football