Shyurrle: "Fulxem"da ekanligimdan baxtliman, ammo asosiy tarkib uchun kurashishim kerak"

Aslanov Jasurbek
26 iyul 2018, 17:57
Ijara asosida "Fulxem"ga o'tgan Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Andre Shyurrle o'zining ingliz klubiga o'tishiga izoh berdi.

Shyurrle va "Fulxem" o'rtasidagi ijara shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan.

"Bu yerda ekanligimdan juda xursandman, jamoadagi ilk o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman. Menga qiziqish bildirgan ilk klub "Fulxem" bo'ldi, buni qadrlayman! Menga to'p bilan harakatlanish, hujumga o'tish yoqadi va bu yangi jamoamga mos keladi deb o'ylayman.

Ammo mahoratimni ko'rsatib, asosiy tarkib uchun kurashishim kerak" - deydi Shyurrle.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com