Shvetsiya - Janubiy Koreya. O'yinga oid qiziqarli ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2018, 16:23
Shvetsiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Ushbu bahsga oid qiziqarli ma'lumotlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

- Shvetsiya va Janubiy Koreya terma jamoalari so'nggi marta 2005 yilning noyabr oyida o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelgan. Bahs 2:2 hisobida yakunlangan edi.

- Shvetsiya terma jamoasi ko'pincha birinchi bo'lim oxirida gol uradi, Janubiy Koreya esa ikkinchi bo'lim o'rtalarida

- Shvedlar juda ko'p ikkinchi qavatdagi kurashga qo'shiladi (o'rtacha har bir bahsda 60tadan). Bu ko'rsatkich bo'yicha faqat islandiyaliklar ulardan ustun (61)

- Koreyaliklar JCH-2018 jamoalari o'rtasida aniq zarba berish bo'yicha eng yomon ko'rsatkichga ega (34%)

- Shvetsiya darvozaboni Robin Olsen - uzun paslar bo'yicha JCH-2018 ishtirokchilari orasida yetakchi (har o'yinda o'rtacha 19ta uzun pas).

*O'rtacha ko'rsatkichlar so'nggi ikki mavsum bo'yicha hisoblangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com