Shvaynshtayger: "Bir necha haftadan so'ng butunlay sog' bo'laman"
Tolibjon Qosimov
12 sen 2014, 14:11
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger biroz dam olishi kerakligini ma'lum qildi.
"2013 yil iyun oyida operaciya qildirdim, keyin dekabr oyida yana jarrohlik stoliga yotdim. Jahon chempionatidan so'ng menga xordiq zarur edi. O'ylashimcha bir necha haftadan so'ng barchasi joyida bo'ladi va butkul sog' bo'laman".