Shuxrat Po'latov Osiyo chempionati saralashida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2013, 19:03
8-12 dekabr kunlari futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati G'arbiy mintaqasi saralash guruhi o'yinlari bo'lib o'tadi.
Malayziyada bo'lib o'tadigan saralashda beshta jamoa ishtirok etadi: Kuvayt, Livan, Qatar, Iroq va Saudiya Arabistoni.

Bu jamoalardan uchtasi 2014 yil Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanma oladi.

Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra, O'zbekistondagi yagona FIFA futzal referisi Shuxrat Po'latov ushbu saralash o'yinlariga chaqiruv olgan. Shuningdek saralashda quyidagi hakamlar ishlaydi: Kristofer Daniel, Skot Kidson (ikkisi Avstraliya), Xelday Idan (Malayziya), Nurdin Bukuev (Qirg'iziston), Vohid Azpiyama (Eron), Yutakon Mayket (Tailand)

Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanma olgan jamoalar ro'yxati: Vetnam, Yaponiya, Tailand, Eron, Xitoy Taypei, Xitoy, Janubiy Koreya, Indoneziya, Avstraliya, Malayziya, O'ZBEKISTON, Tojikiston, Qirg'iziston.

Vetnamdagi Osiyo chempionati 30 aprel-10 may kunlari oralig'ida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia