Shuster: "Real" yarim himoyasi "Barselona"nikidan kuchli"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2014, 15:24
"Real" sobiq bosh murabbiyi Bernd Shuster "Qirollik klubi" va "Barselona" o'rtasida bo'lib o'tadigan ertangi uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"Fikrimcha, "Real" kichik hisobda g'alaba qozonadi. Men bu so'zlarni madridliklarning o'yin uslubi va Ronalduning jismoniy holatidan kelib chiqib aytyapman. Bundan tashqari, "Real" yarim himoyasi raqibnikidan kuchli. Isko, Kroos, Xames Rodriges va Modrich to'p bilan yaxshi muomala qila oladi. "Real" bu safar doimo "Barselona"da bo'lgan ustunlikka ega bo'lishi mumkin" - deydi Shuster.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com