Shoyqulov "Andijon"dan ketdi

Alisher Ostonov
12 iyul 2025
Yarim himoyachi Iskandar Shoyqulov "Andijon"ni tark etdi.

"Shuni ma'lum qilmoqchimizki, mavsum boshida safimizga qo'shilgan iqtidorli o'yinchi Iskandar Shoyqulov bilan amaldagi shartnoma ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.

Shoyqulov birinchi davrada "Andijon" tarkibida Superligada 12 ta, O'zbekiston Kubogida 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Biz Iskandarga jamoamizdagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz", - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Андижон" матбуот хизмати