Shota Arveladze Turkiyada qolib ketgan o'zbekistonliklarga xayriya mablag'i ajratdi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2020, 20:05
Xabaringiz bor, “Paxtakor” ustozi Shota Arveladze oilasi bilan Turkiyada bo'lib turibdi.

Arveladze karantin vaqtida Turkiyada qolib ketgan o'zbekistonliklarga 20 ming turk lirasi (taxminan 3000 dollar) miqdoridagi mablag'ni xayriya qilgan. Ma'lum bo'lishicha, u mazkur summani O'zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga o'tkazib bergan. Bu haqda, “Paxtakor”ning xalqaro bo'limi vakili Ravshan Salimov xabar bermoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia