"Sho'rtan" PFK tomonidan "Maktabda futbol" festivali bo'lib o'tdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2023, 21:20
Bugun Sho'rtan futbol akademiyasi maydonlarida FIFAning Football for schools Maktabda futbol loyihasi doirasida futbol festivali tashkil etildi.

Ushbu festival doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi 115-sonli qarori ijrosini taminlash va yosh bolalarni futbolga qiziqishini oshirish, futbol to'garaklariga yosh iqtidorlani jalb qilish, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida G'uzor tumanidagi 14, 20, 34-maktablari o'quvchilari ishtirok etishdi. Turnir doirasida o'z iqtidorini namoyish etgan o'quvchi yoshlarni saralab olish va professional futbolchilik faoliyatiga yo'naltirishdir.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: «Шўртан» ПФК матбуот хизмати