“Sho'rtan” nazorat uchrashuvda “Lokomotiv” yoshlarini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
13 avg 2014, 15:12
Kecha yani 12 avgust kuni ikkinchi bosqichga olib borayotgan tayyorgarliklar doirasida G'uzorning “Sho'rtan” klubi Toshkentning "Lokomotiv" o'rinbosarlari - yoshlar tarkibi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuv Toshkent viloyatidagi “Do'stlik” stadionida bo'lib o'tdi.


“Sho'rtan” – “Lokomotiv” (yoshlar)  7:2

Ushbu uchrashuvda “Sho'rtan” jamoasida dastlab qo'yidagi o'yinchilar maydonga tushishdi:

Eldor Tojiboev, Viktor Klishin, G'ulomhaydar G'ulomov, Islom  Karimov, Jamshid Hoshimov, Qahramon Muhammadjonov, Araik Babaev, Murod To'ychiboev, Umar Eshmurodov, Husniddin G'ofurov, Jamol Otaqulov.

Quyidagi o'yinchilar esa ikkinchi bo'limda zahiradan maydonga tushishgan:

Elyor Intizomov, Botir Qodirkulov, Durbek Kamolov, Olim Karimov, Yusuf Bo'riev, Maqsud Maxmudov, G'ulom Rahmonov, Zohid Raupov, Shaxzod Xursanov

Uchrashuvdagi  “Sho'rtan” jamoasi gollarini Viktor Klishin (2ta), Durbek Kamolov (1ta), Yusuf Bo'riev (1ta), Botir Qodirkulov (2ta), Elyor Intizomov (1ta) kiritishdi.

“Lokomotiv” jamoasi safida yoshlar bilan bir qatorda tajribali Viktor Karpenko, Saxob Jo'raev, Artyom Filipposyan, Ilhom Suyunovlar xam o'ynashdi.

“Sho'rtan” PFK matbuot xizmati

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia