"Sho'rtan" murabbyii Edgar Gess o'z arizasiga ko'ra ishdan bo'shadi

Narzulla Saydullayev
15 may 2013, 11:04
Bungacha “Sho'rtan” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelgan Edgar Gess bugun, yani 14 may kuni o'z arizasiga binoan ishdan bo'shashni lozim topdi.
Bu haqda murabbiy klub rahbariyatiga yozma ravishda ma'lum qildi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
 
“Sho'rtan” muxlislari yaxshi bilishadi, joriy mavsumni jamoamiz ko'ngildagidek boshlay olmadi. Ayni paytda g'uzorliklar ettita o'yindan so'ng 7 ochko jamg'argan holda 11-o'rinda borishmoqda. Mana shu natijalar tufayli ham Edgar Yakovlevich ishdan ketishni lozim topdi. Shu vaqtgacha unga yordam berib kelgan Oleg Tyulkin ham G'uzorni tark etdi.
 
Bundan buyon jamoani mahalliy ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Zoir To'raqulov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida boshqarib boradi. Shu o'rinda Edgar Gessga G'uzordagi faoliyati uchun minnatdorchilik bilidirib qolamiz. “Sho'rtan” bu murabbiy qo'l ostida o'tgan vaqt mobaynida bir qator yutuqlarni qo'lga kiritdi. Buni klub ishqibozlari aslo unutishmaydi.
 
www.fcshurtan.uz

Narzulla SaydullayevMuallif