"Sho'rtan" "Bunyodkor" maydonida tarixiy natija qayd etdi. Jamoa bu ishni ilk bor uddaladi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 11:37
Kecha O'zbekiston Kubogi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

G'uzorning "Sho'rtan" jamoasi Toshkentda "Bunyodkor" maydoniga safar uyushtirdi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda hisob ochilmadi. Shu tariqa, "Sho'rtan" Kubokda tarixda ilk bor "Bunyodkor"dan ochko oldi. Bungacha ikki jamoa mamlakat kubogida 6 marotaba to'qnash kelgan, ularning barchasida "qaldirg'ochlar" g'alaba qozongandi. "Bo'rilar" esa "Bunyodkor" maydonida so'nggi bor chempionat doirasida 2010 yil ochko qo'lga kiritgan. O'shanda Denilsonning goliga Zayniddin Tojiev javob qaytargandi (1:1).

Ma'lumot uchun, "Bunyodkor" navbatdagi uchrashuvni 21 aprel kuni o'z maydonida "Qiziriq" jamoasiga qarshi o'tkazadi. "Sho'rtan" esa "Jayxun" bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia