"Sho'rtan" bugun 10 yillik "qora anana"ga chek qo'yadimi?

Mirjalol Normatov
29 iyun 2025
Bugun Superliganing 14-turi doirasida "Buxoro" - "Sho'rtan" uchrashuvi o'tkaziladi.

O'zaro o'yinlarga qaraydigan bo'lsak,  tomonlar Superliga doirasida so'nggi marta  2017 yilda to'qnash kelishgan va ushbu o'yinlarning ikkalasida ham buxoroliklar g'alaba qozongan.

"Sho'rtan" Superliga doirasida so'nggi marta 2015 yilgi mavsumda "Buxoro"ni mag'lub qilgan, 4:1. Shundan keyin o'tkazilgan 5 o'yinning 2 tasida durang qayd etilgan bo'lsa, 3 tasida "Buxoro"ning g'alabasi kuzatilgan.

"Buxoro" - "Sho'rtan" uchrashuvi Samarqanddagi "Dinamo" stadionida soat 20:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia