

Mazkur o'yinda gollardan birini 24 yoshli hujumchi Eldor Shomurodov urdi. Bu Eldorning o'zi qatnashgan so'nggi beshinchi uchrashuvidagi, 5 goliga aylandi. U o'tgan oy O'zbekiston MTJ safida Suriyaga qarshi (2:0) o'rtoqlik o'yinida, shuningdek, rostovliklar bilan SSKA qarshi (2:1) mavsumoldi uchrashuvida 2tadan gol urgandi.
Krasnodar (0:3) hamda Gannover (1:2) bilan nazorat bahslarida esa Shomurodov maydonni golsiz tark etdi.
Eslatib o'tamiz, Eldor Shomurodov bugun Rostovning RPLdagi yubiley 500 goli muallifiga aylangani haqida xabar bergandik.



