Shomurodov gol urgan, "Roma"ning uch futbolchisi va Mourinyo chetlatilgan o'yindan 10ta rasm

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 13:27
Kecha "Engilmaslar kubogi" mavsumoldi turniri doirasida "Roma" hamda "Betis" jamoalari bahs olib borishdi.

Ushbu uchrashuvdan olingan eng yaxshi 10ta rasmni e'tiboringizga havola qilamiz.

Hamma kutgan foto shu bo'lsa kerak.

Kristian Telo o'z golini nishonlamoqda.

Bir soniyadan keyin hisob tenglashadi. Eldor Shomurodov "Roma"dagi ilk golini urdi.

O'zbekiston va Armaniston futboli yulduzlari Eldor Shomurodovning golini nishonlamoqda.

Shunchaki ajoyib kadr bo'libdi.

Mourinyo xattoki o'rtoqlik o'yiniga ham yuqori hissiyotlarini bag'ishlaydi va oqibatda...

...Va oqibatda qizil kartochka bilan jazolanib, o'yinni tribunadan tomosha qiladi.

"Roma"ning urilgan ikkinchi goli ham Shomurodovning zarbasidan keyin kiritildi.

Uzoq yillar "Manchester Yunayted"da o'ynagan Kris Smolling ham Eldor Shomurodov bilan golni nishonladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gettyimages.com