Shomurodov "Lokomotiv"ga urgan ikkita goli evaziga RPL to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda

31 avg 2019, 21:35
Ayni vaqtda "Lokomotiv" o'z maydonida "Rostov" klubini qabul qilmoqdi.

Rossiya chempionati 8-turidan o'rin olgan uchrashuvning 41-daqiqasida Valeriy Karpin shogirdlari hisobda oldinga chiqib olishdi.  Gol muallifi - Eldor Shomurodov. Ikkinchi taymning 58-daqiqasida hamyurtimiz yana gol kiritib, jamoasining g'alabasini mustahkamladi. Ushbu ikki gol Shomaga (7 ta gol) "Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev (6 gol)dan o'tib ketishiga zamin yaratdi.  GOL>>>> VIDEO

To'purarlar ro'yxati:

1. Eldor Shomurodov ("Rostov") - 7 ta gol

2. Aleksandr Sobolev ("Krilya Sovetov") - 6 ta gol

3. Artyom Dzyuba ("Zenit") - 4 ta gol


Eldor Shomurodov VS Aleksandr Sobolev. Mavsum oxirida kimning gollari ko'proq bo'ladi?  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia